» » O‘zbekistonlik volontyorlar guruhi Osiyo Kubogi-2019 da ishlaydi

O‘zbekistonlik volontyorlar guruhi Osiyo Kubogi-2019 da ishlaydi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Dubay shahrida BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Hazzam Al-Daheriy bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda 2019-yil BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasining tashkiliy masalalari muhokama qilingan.

Mazkur musobaqaga O‘zbekistondan volontyorlar – ko‘ngillilarni yuborib, shu toifadagi yirik musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish tajribasini o‘rganish masalasi ko‘rildi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston va BAA futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish, almashuv asosida hakamlarni Kubok finallari va o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilish bo‘yicha tomonlar fikr almashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют