» » Ashraf G‘ani Toshkentga keldi

Ashraf G‘ani Toshkentga keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 26-mart kuni amaliy tashrif bilan mamlakatga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Ikki davlat rahbarlari 27-mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so‘zga chiqadi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют