» » Farg‘onada aka ukaning qotiliga aylandi

Farg‘onada aka ukaning qotiliga aylandi


Farg‘ona viloyatining shu nomli tumanida 24-mart kuni aka ukaning qotiliga aylandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 09:30 atrofida tumanning Navro‘z mahallasi, Yangihayot ko‘chasida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan Ahtamjon To‘lashev shu mahallaning Sohibkor ko‘chasida yashagan ukasi, 1980-yilda tug‘ilgan Adhamjon To‘lashevning uyida o‘zaro janjal oqibatida qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib, jarohat yetkazdi.

Adhamjon To‘lashev kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etdi. Ko‘rilgan choralar natijasida Ahtamjon To‘lashev qo‘lga olindi.

Qayd etish joizki, aka-uka ham muqaddam sudlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют