» » Afg‘oniston O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari o‘rtasida beshinchi o‘rinni egallamoqda

Afg‘oniston O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari o‘rtasida beshinchi o‘rinni egallamoqda


?Afg‘oniston O‘zbekiston tashqi savdosida muhim rol o‘ynaydi va butun dunyodagi savdo hamkorlari o‘rtasida beshinchi o‘rinni egalllaydi. Bu haqda tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi matbuot markazi sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar beradi UzReport.

Vazir 2017-yilda ikki davlat o‘rtasida tovar aylanmasi 607 million dollardan oshganini bildirdi. Bu esa Afg‘oniston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha qo‘shni davlatlar orasida ikkinchi o‘rinni egallashini anglatadi.

“2018-yilda o‘z oldimizga qator vazifa va maqsadlarni qo‘yganmiz. Afg‘oniston prezidenti janob Ashraf G‘anining o‘tgan yil dekabridagi tashrifi davomida 500 million dollarlik kelishuvlar imzolandi. Hozirda o‘zaro savdo asosan elektr energiyasi va metallurgiyani qamrab olgan bo‘lsa, kelgusi yillarda ushbu tizimni to‘liq diversifikatsiya qilishni rejalashtirganmiz. Afg‘oniston 36 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladigan davlat, biz uchun katta bozor”, — dedi Jamshid Xo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют