» » Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi


26-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tomas Shennon Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Toshkent shahriga kelgan.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga oid turli masalalar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muammolar muhokama qilindi.

Suhbat asnosida Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi. Bu borada O‘zbekiston tomonining sa’y-harakatlari yuqori baholandi.

Tomas Shennon Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etilgani munosabati bilan O‘zbekiston rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen xonim ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют