» » O‘zbekiston Prezidentining AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidentining AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashishi kutilmoqda


AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori martabali mehmonlar Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

Shennon uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilishni mo‘ljallamoqda. Bu AQSh Toshkent tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayotgani va mintaqadagi barqarorlikning tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют