» » AQSh Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyada qatnashadi

AQSh Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyada qatnashadi


AQSh Toshkentda mart oxirida O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil qilinadigan Afg‘onistondagi tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyada qatnashmoqchi. Bu haqda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz, — dedi u. — Biz qanday darajada qatnashishimiz borasida bir qarorga kelganimiz yo‘q, ammo bu qarorni tez orada qabul qilishga umid qilamiz”.

“Biz Toshkentdagi konferensiyaga Kobul jarayonining bir qismi va rivojlanishi deb qaramoqdamiz. Bu mexanizmlar va konferensiyalar afg‘onlarga ‘tegishli bo‘lishi’ va ular tomonidan yo‘naltirilishi biz uchun muhimdir”, — deya ta’kidladi Uells.

“Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo va, ayniqsa, O‘zbekiston prezident Mirziyoyev rahbarligida, Afg‘onistonni mintaqaga qaytadan ‘tikib qo‘yish’da muhim rol o‘ynashi lozim bo‘ladi. Energetik aloqalar, savdo aloqalari, odamlar orasidagi muloqotlar Afg‘onistonni barqarorlashtirish uchun o‘ta muhim. Shunday ekan, ha, biz bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deya Uells xulosa qildi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSh rahbari Donald Trampdan 26–27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga oid maktub kelgan edi.

Shuningdek, konferensiyaning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют