» » Sodiq Safoyev AQSh hukumati vakili Elis Uells boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi

Sodiq Safoyev AQSh hukumati vakili Elis Uells boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi


1-fevral kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSh davlat kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv mobaynida mehmon 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturining asosiy qoidalaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda olib borilayotgan muhim o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatidan xabardor etildi.

Tomonlar parlamentlararo muloqotni yanada jonlantirish, demokratik islohotlarni o‘tkazishda, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirishda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish kabi sohalardagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi. Yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro integratsiya tamoyillariga asoslangan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Elis Uells O‘zbekiston mutlaqo yangicha sur’atda rivojlana boshlaganini qayd etib, yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga va islohotlarga yuksak baho berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют