» » 2018-yilda Toshkentda Markaziy Osiyo transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda

2018-yilda Toshkentda Markaziy Osiyo transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash lozimligi haqida fikr bildirdi. Davlat rahbari “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishni rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Turkmanistonlik do‘stlarimiz tomonidan Amudaryodan o‘tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir va avtomobil yo‘llari ko‘priklari ishga tushirildi. U O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon transport-tranzit yo‘nalishining muhim tarmog‘idir.

Tez orada O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi, shuningdek, ushbu transport yo‘lagi bo‘ylab sinov tariqasidagi avtopoyga amalga oshirildi.

Shu munosabat bilan Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umummintaqaviy dasturni ishlab chiqish va qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz.

Umumiy yondashuvlarimizni kelishib olish uchun biz 2018-yilda Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz.

Konferensiyaning ishida barcha sheriklarimiz faol ishtirok etishiga umid qilamiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (11-11-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют