» » Sodiq Safoyev tranzit yo‘llar mamlakat uchun juda foydali ekanligini ta’kidladi

Sodiq Safoyev tranzit yo‘llar mamlakat uchun juda foydali ekanligini ta’kidladi


O‘zbekistonning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish mamlakatni Yevrosiyoning muhim transport markaziga aylantiradi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubning Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida tranzit va transport oqimlari juda foydali mahsulot ekanligini, O‘zbekistonning tranzit sohasidagi salohiyatidan foydalanish valyuta kirimining asosiy manbalaridan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Senatorning fikricha, ushbu soha mamlakatning iqtisodiy, geostrategik va geosiyosiy ahamiyatini oshirib, uni muhim transport markaziga aylantiradi.

Sodiq Safoyev yo‘llarning ochilishi muloqot, savdo, odamlarning o‘zaro tashriflarini amalga oshirishdagi to‘siqlarni olib tashlash ekanligini qayd etdi. “‘Sun’iy subyektiv to‘siqlar’dan xalos bo‘lish natijasida so‘nggi uch oyning o‘zidayoq Qozog‘iston bilan savdo hajmi qiymat ko‘rsatkichi bo‘yicha 30 foizga, moddiy shaklda esa 40 foizga oshdi”, — dedi senator.

Senator o‘z nutqi davomida O‘zbekistonning ushbu sohada erishayotgan so‘nggi yutuqlari, xususan, Xitoy bilan logistika markazlarini ochish borasida olib borilgan muzokaralar, Transkavkaz yo‘nalishidan foydalanish va Ruminiyaning Konstansa portiga chiqish borasida Ozarbayjon va Gruziyada hamkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvlar, Prezident Shavkat Mriziyoyevning Turkmanistonga tashrifi doirasida “Turkmanobod—Farob” temir yo‘l va avtomobil ko‘priklarining ochilishi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Sodiq Safoyev, shuningdek, O‘zbekistonda transport sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish vaqti kelganini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют