» » Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Ruhiyat saroyida Ozbekiston hamda Turkmaniston sanat ustalari konsertida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Ruhiyat saroyida Ozbekiston hamda Turkmaniston sanat ustalari konsertida ishtirok etdi


TurkmanobodFarob temir yol va avtomobil kopriklari ochilish marosimida ishtirok etgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur kopriklar nafaqat Turkmaniston, balki butun mintaqa uchun geostrategik ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonda ham transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish boyicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, otgan yili qurilgan Angren Pop temir yoli Markaziy Osiyoni Xitoy bilan temir yol orqali boglaganini alohida takidladi. Ozbekiston va Turkmaniston temir yollari ozaro integratsiyalashib, qayta tiklanayotgan Buyuk ipak yolining muhim boginini tashkil etadi, mintaqa rivoji va xalqlar farovonligiga xizmat qiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston transport va tranzit sohalarini rivojlantirish boyicha tashabbuslarni ilgari surayotgani, ushbu kopriklar bu boradagi say-harakatlarning amaliy ifodasi ekanini takidladi. Qurilish ishlarining sifati va ahamiyatini yuqori baholab, quruvchi va pudratchilarga minnatdorlik bildirdi.

Turkmanobod shahridagi Ruhiyat saroyida Ozbekiston va Turkmaniston sanat ustalarining konserti namoyish etildi. Saroy foyesida ozbek va turkman xalq amaliy sanati buyumlari namoyish etildi. Bu ozbek va turkman xalqlarining bir-biriga yaqinligini yaqqol namoyon etdi, mamlakatlar zamonaviy va mumtoz sanati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat boldi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi. Turkmanobod aeroportida Ozbekiston Prezidentini Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qoydi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (8-03-2017, 09:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -