» » Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanobod—Farob temir yo‘l ko‘prigini ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanobod—Farob temir yo‘l ko‘prigini ochib berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ramziy lentani qirqib, Amudaryo orqali o‘tgan Turkmanobod—Farob yangi temir yo‘l ko‘prigini ochib berdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” xabar bermoqda.

Ochilish marosimi munosabati bilan O‘zbekiston va Turkmaniston san’at ustalari chiqishlari, ikki xalq amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasi, teatrlashgan tomoshalar tashkil etildi.

Uzunligi 1750 metr bo‘lgan yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilishida zilzilabardoshli, o‘ta og‘ir yuk poyezdlari o‘tishi hisobini olingan konstruksiyalardan foydalanilgan. Ko‘prik ostidagi kemalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy balandligi 10 metr, eni esa 60 metrdan iborat.

Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida, temir yo‘l ko‘prigi bo‘ylab qirg‘oqni mustahkamlovchi ishlar bajarildi. Inshootini barpo etishda joyning iqlim, tuproq, muhandislik-geologiya, gidrologiya sharoitlari inobatga olindi.

Hozirga qadar Amudaryo orqali temir yo‘l harakati 1901-yildan beri foydalanilayotgan eski ko‘prikda amalga oshirib kelinardi. Shu bois Turkmaniston prezidenti 2013-yil 8-fevralda yangi temir yo‘l ko‘prigi qurish haqida qaror qabul qildi.

Mavzuga doir: Turkmanobod shahrida Islom Karimov haykali ochildi

Опубликовано: admin (7-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют