» » Namanganda hojatxonaga tushib ketgan iPhone’ni olishga harakat qilgan ikki kishi halok bo‘ldi, yana biri zaharlandi

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan iPhone’ni olishga harakat qilgan ikki kishi halok bo‘ldi, yana biri zaharlandi


Namanganda hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga harakat qilgan ikki kishi halok bo‘ldi, yana biri zaharlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Pop tumanida 25-mart kuni Oybek mahallasida yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan B. Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan iPhone’ni olish maqsadida qo‘shnisi, 1985-yilda tug‘ilgan E. Niyazovni yordamga chaqirgan.

B. Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan. E. Niyazov uning ortidan tushib, u ham hushini yo‘qotgan.

Shundan so‘ng B. Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956-yilda tug‘ilgan H. Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

Jabrlanuvchilar FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E. Niyazov va B. Rahmatovlar zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lgani aniqlandi. H. Rahmatov esa kasalxonaga yotqizildi.

Surishtiruv ishlari olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют