» » Toshkent viloyatida yirik o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan guruh qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida yirik o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan guruh qo‘lga olindi


Toshkent viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1980-yilda tug‘ilgan B.K., 1982-yilda tug‘ilgan I.G., 1997-yilda tug‘ilgan U.K., 1998-yilda tug‘ilgan A.J. va 1997-yilda tug‘ilgan A.A. Zangiota tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan A.B.ning uyidan uch bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Surishtiruv ishlari natijasida ular tomonidan Zangiota tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan G.A.ning uyidan suv tortish nasosi, televizor tyuneri va boshqa uy jihozlari o‘g‘irlab ketilganligi aniqlangan

Shuningdek, guruh a’zolari 1981-yilda tug‘ilgan N.A.ning uyidan bir million sakkiz yuz ming so‘m puli, tilla takinchoqlari hamda molxonasidan ikki bosh qo‘yini, 1961-yilda tug‘ilgan M.E.ning uyidan 600 AQSh dollari va tilla taqinchoqlarni, 1958-yilda tug‘ilgan uy bekasi Yu.M.ning uyi hovlisida bo‘lgan bir bosh qoramolini qo‘lga kiritgan.

Jinoiy guruh shu bilan cheklanmasdan, 1974-yilda tug‘ilgan S.E.ning hovlisida bo‘lgan bir bosh otni, 1954-yilda tug‘ilgan D.I.ning hovlisida bo‘lgan bir bosh qoramolini, 1982-yilda tug‘ilgan M.M.ning uyidan uch million besh yuz ming so‘mlik tilla taqinchoqlar va bir dona qo‘l telefonni, 1986-yilda tug‘ilgan Yu.A.ning dala hovlisidan ikki bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketgan.

Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют