» » Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol vatanga olib kelindi

Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol vatanga olib kelindi


Qozog‘istonda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. Bu haqda FVV xabar berdi.

23-mart kuni soat 16:20 da Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Abay tumani hududida joylashgan “Karabas” temir yo‘l stansiyasida O‘zbekiston fuqarosi, 1980-yili tug‘ilgan R. Satimova temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtda yuk poyezdi uni urib ketishi natijasida, voqea joyida vafot etgan edi.

O‘zbekiston FVV va Tashqi ishlar vazirligi bilan olib borilgan hamkorlikdagi harakatlar natijasida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni o‘tkazilgandan so‘ng 26-mart kuni soat 17:30 da halok bo‘lgan ayolning jasadi “G‘ishtko‘prik” o‘tkazish punktiga olib kelinib, kutib olindi va FVV xodimlari kuzatuvida Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus avtomobilida Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga qarindoshlariga topshirish va dafn etish uchun olib ketildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют