WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Andijonlik ayol Qozog‘istonda yuk poyezdi ostida qoldi
Andijonlik ayol Qozog‘istonda yuk poyezdi ostida qoldi
O‘zbekiston FVVga 23-mart kuni soat 16:12 da qozog‘istonlik hamkasblaridan Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarosi bilan ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida tezkor xabar kelib tushdi.
Ma’lum bo‘lishicha, andijonlik Ro‘zixon Satimovani Abay tumanidagi “Karabas” bekati hududida temir yo‘lni kesib o‘tayotganida yuk poyezdi urib yuboradi.
Olingan jarohatlar oqibatida R.Satimova voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Hozirda uning jasadi Abay tumanidagi shifoxonada saqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolari xorijda jabrlanganda maxsus guruh 3 soat ichida voqea joyiga jo‘nab ketishi belgilangani ma’lum qilingandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?