» » O‘zbekiston fuqarolari xorijda jabrlanganda maxsus guruh 3 soat ichida voqea joyiga jo‘nab ketishi belgilandi

O‘zbekiston fuqarolari xorijda jabrlanganda maxsus guruh 3 soat ichida voqea joyiga jo‘nab ketishi belgilandi


Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorda belgilanishicha, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ishlarini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining zaxira mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tartibi belgilab bermoqda.

Xususan, xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan taqdirda 3 soat ichida Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash va boshqa vazirlik, idoralarning vakillaridan iborat maxsus guruh favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga uchib (jo‘nab) ketishi lozim.

Shuningdek, nizomda har bir tashkilotning favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari belgilab berilmoqda.

Jumladan, endilikda mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют