WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Putin savdo markazidagi yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan Kemerovoga keldi
Putin savdo markazidagi yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan Kemerovoga keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-mart, seshanba kuni tongda savdo markazidagi yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan Kemerovoga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Putin aeroportdan to‘g‘ri savdo markaziga yo‘l oldi va kemerovoliklar bino oldida tashkillagan memorialga gul qo‘ydi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Sibir federal okrugidagi vakolatli vakili Sergey Menyaylo bilan yong‘in ro‘y bergan bino fasadini ko‘zdan kechirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kemerovoda “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?