» » Bugun Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi

Bugun Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi


Bugun, 27-mart kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.

Shuningdek, ushbu konferensiyada Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federiki Mogerini ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Bundan tashqari BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishning videomurojaati namoyish etilishi kutilmoqda.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Prezidentining Facebook’dagi rasmiy sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Komil Allamjonov Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida 20 dan ortiq davlat, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etishini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют