» » Komil Allamjonov: Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasida 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi

Komil Allamjonov: Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasida 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali Toshkentda Afgoniston masalasida otkazilishi rejalashtirilgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi konferensiyada ishtirok etadigan chet el vakillari haqida oxirgi malumotlarni keltirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi konferensiya xalqaro doirada katta qiziqish uygotdi. Chunki bu konferensiya nafaqat mintaqamiz, balki boshqa hududlarga ham tasir otkazayotgan Afgoniston masalasiga bagishlangan.

Ushbu xalqaro anjuman 2627-mart kunlari Toshkentda bolib otadi. Unda 20 dan ortiq davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari ishtirok etadi.

Jumladan, Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani, BMTning Afgonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha Oliy vakili Federika Mogerini Toshkentga keladi.

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Tomas Shennon, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javod Zarif, Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Osif ham konferensiyada qatnashishini tasdiqlagan.

Shuningdek, Xitoy, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar delegatsiyalari qatnashishi rejalashtirilgan.

Toshkent konferensiyasiga dunyo ommaviy axborot vositalari ham katta etibor qaratmoqda. Mamlakatimizda akkreditatsiyadan otgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari BBC, DPA, Deutsche Welle, Times, The New York Times, NHK, Jenmin jibao kabi nufuzli xorijiy OAVlar konferensiyani yoritish istagini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-03-2018, 21:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 1) ( 31) ( 3)
:
20 ...