» » OAV: Pekinga maxsus poyezdda KXDR yetakchisining singlisi yetib kelgan bo‘lishi mumkin

OAV: Pekinga maxsus poyezdda KXDR yetakchisining singlisi yetib kelgan bo‘lishi mumkin


Janubiy Koreya OAVlari Pekinga KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi — Kim Yo Chjon yetib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi, deb yozadi “TASS”. U Xitoyga 25-mart, yakshanba kuni yo‘l olgan maxsus poyezdda kelgan bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya matbuoti fikricha, Kim Yo Chjon Xitoyga o‘z akasining ishonchli vakili sifatida Xitoy rahbariyatiga Pxenyan siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlarni tushuntirib berish uchun kelgan. Janubiy Koreya hukumati hozircha bu borada izoh bermayapti.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 2011-yildan beri ilk bor KXDR hududini tark etgani va Pekinga yo‘l olgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют