» » Chevrolet Corvette 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erisha oladi

Chevrolet Corvette 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erisha oladi


Chevrolet Corvette ZR1 superkari 96 km/soat tezlikka 2,85 soniyada erisha oladi. Avtomobilning shu kunga qadar sir saqlangan texnik tavsiflarini Xarlan Charlz Corvette Blogger’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Motor”.

Shuningdek, superkar 160 km/soat tezlikka 6 soniyada erishadi. Ta’kidlash kerakki, ZR1 modelining avvalgi versiyasi 96 km/soat tezlikka 3,7 soniyada chiqardi. 620 ot kuchiga ega mashinaning maksimal tezligi soatiga 322 kilometrga teng edi.

Modifikatsiya qilingan ZR1 esa 765 ot kuchiga ega sakkiz silindrli 6,2 dvigateli bilan jihozlangan. Agregat yetti pog‘onali mexanik uzatmalar qutishi yoki sakkiz diapazonli “avtomat” bilan birgalikda ishlaydi.

Superkar karbon kapotga va old splitterlariga, bundan tashqari ikkita ort antiqanotlariga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют