» » Rossiyaning qotil sun’iy yo‘ldoshlari joyidan siljidi

Rossiyaning qotil sun’iy yo‘ldoshlari joyidan siljidi


Rossiyaning “Kosmos-2521” maxfiy kosmik qurilmasi so‘nggi uch oy ichida deyarli siljimagan “Kosmos-2519”ga nisbatan asta-sekinlik bilan harakatlana boshladi. Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarining harakat yo‘nalishlariga Rossiya va Amerika kosmik dasturlari bo‘yicha britaniyalik ekspert Fillip Klark e’tibor qaratdi.

“Kosmos-2521” “Kosmos-2519”dan 2018-yil mart oyi o‘rtalarida uzoqlashishni boshlagan. Kosmik qurilmalar oralig‘idagi masofa taxminan bir hafta davomida vaqti-vaqti bilan kamaygan va ko‘paygan. Ayni paytda sun’iy yo‘ldoshlar orasidagi masofa qisqarib bormoqda.

Rossiyaning “Kosmos-2519” maxfiy kosmik qurilmasi 2017-yil iyunda uchirilgan. Ikki oydan keyin undan “Kosmos-2521” nazoratchi sun’iy yo‘ldoshi ajralib chiqqan.

2017-yilning oktabrida Rossiya kosmik kuchlari “Kosmos-2521” manyovr qiluvchi sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani xabar berilgan edi.

Istiqbolda boshqa qurilmalarni nafaqat kuzatish, balki to‘xtatib qolish uchun mo‘ljallangan bunday qotil sun’iy yo‘ldoshlar Rossiya orbital guruhi elementiga aylanib, kosmik harbiy poygada tiyib turuvchi rolni o‘ynashi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют