» » Futbolga aloqador har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan Samvel Babayan Latviya chempioniga bosh murabbiy bo‘ldi

Futbolga aloqador har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan Samvel Babayan Latviya chempioniga bosh murabbiy bo‘ldi


Samvel Babayan Latviya chempioni “Spartak” Yurmala jamoasining bosh murabbiyiga aylandi, deb yozadi “Championat.asia”

Qayd etilishicha, yangi jamoada Samvel Babayanga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida yordam beradi.

“O‘FA Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgandi. Biz shu munosabat bilan Latviya futbol federatsiyasiga murojaat qilganimizda, ular O‘FA Ijroqo‘mi Babayandan 1-fevral kuni diskvalifikatsiyani olib tashlanganini tasdiqlashdi. Shu boisdan ham Samvel Babayan endilikda xorijda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin”— deb yoziladi xabarda.

Hozirgacha Samvel Babayanga belgilangan jazo bekor qilingani haqida hech qayerda rasmiy bayonot e’lon qilinmagan.

O‘z o‘rnida “Spartak” Yurmala rasmiy saytida hali Samvel Babayanning rasman bosh murabbiy bo‘lgani haqida xabar berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют