» » Qoraqalpog‘istonda “Avtokarvon – 2018” tadbirlari o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda “Avtokarvon – 2018” tadbirlari o‘tkazildi


Qoraqalpog‘iston shahar va tumanlarida “Avtokarvon – 2018” tadbirlari o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda “Avtomotohavaskorlar” ko‘ngilli jamiyati respublika kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida turli plakatlar bilan bezatilgan avtomashinalar karvoni shahar va tumanlarda bo‘ldi.

“Haydovchi, unutma, seni oilang kutmoqda!”, “Sizsiz oilangiz baxtsiz!”, “Nega bizni tashlab ketdingiz, dadajon!”, “Haydovchi, qo‘lingdagi telefon – xavf-xatarga sababdir!”, “Yo‘llarda bolalarni asraylik!” kabi shiorlar ostidagi avtokarvon hududda yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.

“Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashining maxsus farmoyishiga asosan joriy yil 1-martdan 1-aprelgacha Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilayotgan harakat xavfsizligi oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir yo‘l harakati hodisalarining oldini olish, fuqarolar orasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют