» » Fotoreportaj: “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekistonda yig‘ilgan “KamAZ” yuk mashinalarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Fotoreportaj: “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekistonda yig‘ilgan “KamAZ” yuk mashinalarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi


27-mart kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4—5-aprel kunlari Rossiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yig‘ilishi kelishib olingan “KamAZ” yuk mashinalarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zavtosanoat” AJ hamda Rossiyaning “KamAZ” OAJ bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, vazirlik idora rahbarlari, “O‘zavtosanoat” AJ hamda UzAutoTrailer’ning ishbilarmon hamkorlari tashrif buyurdi.

“KamAZ” avtomobillarini ishlab chiqarish Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan UzAutoTrailer mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydonida boshlangan.

Taqdim etilgan modellar orasida yuk avtomobilining noyob modeli sanalgan “KamAZ 5490-024087” mavjud bo‘lib, u yuk avtomobillarining innovatsion konsepsiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi sanalgan Daimler AG avtomobil konserni birgalikda ishlab chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют