» » Me’mor Azamat To‘xtayevning Islom Karimov haqidagi xotiralari: u kishi shaharsozlik masalalarini hal etishda bir necha o‘n yil oldinni, istiqbolni ko‘ra bilar edilar

Me’mor Azamat To‘xtayevning Islom Karimov haqidagi xotiralari: u kishi shaharsozlik masalalarini hal etishda bir necha o‘n yil oldinni, istiqbolni ko‘ra bilar edilar


Islom Karimov nomidagi jamoatchilik fondi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor Azamat To‘xtayevning Birinchi Prezident Islom Karimov haqidagi xotiralarini e’lon qildi.

Prezident Islom Karimov mamlakatimiz shaharlari qiyofasini o‘zgartirishdek xayrli ishga o‘zlari bosh-qosh bo‘ldilar. Men Islom Abdug‘aniyevichning noyob tafakkuriga hamisha qoyil qolganman, zero, u kishi shaharsozlik masalalarini hal etishda bir necha o‘n yil oldinni, istiqbolni ko‘ra bilar edilar.

U kishining bevosita ishtiroki bois Mustaqillik maydoni Toshkentning “tashrif qog‘ozi”ga, poytaxtimiz ahli va mehmonlarining sevimli dam olish maskaniga aylandi.

Prezident Islom Karimov me’moriy loyihalar tarhi va maketini shaxsan o‘zlari qabul qilib, ularni sinchkovlik bilan, har tomonlama o‘rganib chiqar edilar. U kishi har doim reja-tarhning konseptual jihatlaridan tortib, ayrim naqsh-u nigorlarga qadar – katta-kichik masalalarda chuqur o‘ylangan taklif-mulohazalar bildirganlar: bu inson uchun barcha jabhalarda arzimas jihatning o‘zi yo‘q edi.

Bugun O‘zbekistonning qiyofasi butkul o‘zgarganligiga amin bo‘lamiz. Viloyatlarimiz markazida madaniyat saroylari, teatrlar, amfiteatrlar, kutubxonalar, muzeylar, sport majmualari va markaziy maydonlar bunyod etildi.

Islom Abdug‘aniyevich, ayniqsa, shonli tariximizda o‘tgan Imom Ismoil al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Hakim at-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa mutafakkirlar hamda jamoat arboblari nomi bilan bog‘liq obidalarni obod qilishga alohida e’tibor qaratdilar.

Azamat To‘xtayev

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют