WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Sudanda noma’lum kimsa pichoq bilan masjidga hujum qildi, 3 kishi halok bo‘ldi
Sudanda noma’lum kimsa pichoq bilan masjidga hujum qildi, 3 kishi halok bo‘ldi
Sudanda noma’lum kimsa pichoq bilan masjidga hujum qildi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hujum Eritreyaga chegaradosh Kasala shtatidagi masjidlardan birida shom namozi chog‘ida yuz berdi. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, hujum qilishdan avval erkak dindorlarga murojaat qilgan, ammo ular unga quloq solishdan bosh tortgan. So‘ng erkak qo‘liga pichoq olib, odamlarga hujum qilgan. Masjiddagi dindorlar hujum qilgan shaxsni o‘ldirgan.
Hozircha hech bir guruh voqea uchun javobgarlikni bo‘yniga olganicha yo‘q. Hujum qilgan kishining shaxsi ham aniqlangani yo‘q.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?