» » Afgoniston boyicha konferensiya va Ozbekistonda siyosat tilining ozgarishi haqida

Afgoniston boyicha konferensiya va Ozbekistonda siyosat tilining ozgarishi haqida


27-mart kuni Toshkent shahrida Afgoniston muammolariga bagishlangan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi xalqaro konferensiya bolib otdi. Ozbekiston poytaxti kopdan buyon bu qadar katta xalqaro tadbirga mezbonlik qilmagan edi (2016-yil 2324-iyun kunlari bolib otgan ShHT Toshkent sammiti, kolamiga qaramay, faqat malum mintaqa vakillarini toplagan edi). Bolib otgan tadbir Ozbekistonning xalqaro miqyosdagi obroini kotarishiga, imijini yaxshilashiga, faol mintaqaviy oyinchi sifatidagi pozitsiyasini belgilab berishiga hech qanday shubha yoq. Otgan konferensiyadan xulosalar qilish, erishilgan yutuqlar va yol qoyilgan kamchiliklarni tahlildan otkazish mahalliy ekspertlar zimmasidagi vazifa. Men esa ozim yaxshiroq tushungan sohaga urgu berib, bir savolga javob qidirib kormoqchiman: Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasi siyosat tilining taqdiriga qanday tasir otkazadi?

Izoh:

Siyosat tili ozbek tili rasmiy uslubining bir qismi. Ogzaki va yozma siyosiy matnlar tili. Bu tildan siyosatchilar, siyosatshunoslar va siyosiy jurnalistlar foydalanadi.

Uni siyosiy til tushunchasi bilan farqlash lozim. Siyosiy til til bilan bogliq davlat siyosati. Til siyosati orniga siyosiy til deyishdan maqsad tilning mohiyatan siyosiy hodisa ekanligiga urgu berish.

Gap shundaki, konferensiyani kuzatish asnosida uning ishtirokchilari ishlatayotgan til, oborotlar, atama va iboralarga etibor qaratgan kishi bir bir yarim yil oldingiga nisbatan jiddiy ozgarishlar roy berganini payqaydi. Xosh, oldin ozbek siyosati tili qanaqa edi?

Ozbekistonda siyosat tili bundan bor-yogi bir yilcha muqaddam qatiy qolipga solingan va mahdud edi. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:

avvalambor, siyosat tili faqatgina ichki kun tartibiga yonaltirilgan edi. Yani, siyosiy matnlar va nutqlarning deyarli barchasi Ozbekistonga oid edi, xalqaro siyosat sohasida qalam tebratishga davogar oz sonli mualliflar ham manaviyatimizga tahdid, chirib borayotgan Garb qabilidagi olabojishunoslikdan nariga ota olmas edi;

ikkinchidan, siyosat tili oziga xos paradigmalar qolip sozlar va iboralardan tashkil topgan edi. Mustaqillikka erishganimizdan song..., barcha sohalarga etibor qaratib kelinmoqda, islohotlar natijasi olaroq..., uzoq istiqbolni kozlagan holda... singari balandparvoz jumlalar matndan matnga kochib yurib, har qanday mavzudagi materialga moslashib ketadigan universal formulalarga aylanib qolgan edi. Bunday formulalardan hamma har xil maqsadda foydalanardi: rasmiy axborot kanallari targibot maqsadida ishlatsa, alohida mualliflar ozining loyalligini (sadoqatini) korsatish uchun rasmiy tildagi butun boshli gap va jumlalarni toligicha kochirar, yana bazi birovlar esa shunchaki professional emasligini yashirish uchun tayyor qoliplarga murojaat etar edi;

uchinchidan, siyosat tili tashqaridan Ozbekiston haqida aytilayotgan fikrlar, bu fikrlarni ifodalashda qollangan sifatlar, iboralar bilan mutlaqo hisoblashmas edi. Chet elda Ozbekiston haqida nima deyilishiga, qanday tariflar ishlatilishiga butunlay koz yumilar edi.

Ozgarishlar, yuqorida aytganimdek, oldinroq bir bir yarim yil muqaddam boshlandi. Xalqaro press-klub majlislarida, tok-shoularda jurnalistlarning, amaldorlarning tili va uslubi ozgara, zamonaviylasha bordi, shiorbozlikdan chetlashib, bahs-munozaralar olib borildi. Ostonada bolib otgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvidan olib borilgan jonli efirlar, reportajlar, tadbirga bagishlangan dasturlarda endi mintaqaviy va xalqaro siyosat haqida ham shablonlarsiz soz yuritildi. Bir soz bilan aytganda, siyosat tili sekin-asta taraqqiyotning yangi bosqichiga kotarila bordi. Kecha bolib otgan xalqaro tadbir esa bu ujobiy ozgarishlarni tolaqonli korsatib berdi.

- psixologik chegara olib tashlandi. Rahbariyatning ogziga qarab turadigan, song u aytgan sozlar va jumlalarni takrorlab yuradigan orta qatlam amaldorlari va kopgina jurnalistlar nihoyat qoliplarsiz gapirish mumkinligini kordi va buni tegishli signal olaroq qabul qildi. Endi rasmiy hujjatlardan kochirilgan iboralarni har abzatsda takrorlash bilan loyallikni korsatishga hojat yoqligi anglashildi;

- siyosat tilida nihoyat Ozbekiston haqida emas, boshqa davlat haqida koproq gapirildi. Yani ozbek tilida xalqaro siyosat haqida ham gapirish va yozish mumkinligi namoyish etildi;

- siyosat tili xalqaro siyosat tili bilan hisoblasha boshladi, uning atamalarini, xalqaro miqyosdagi nuqtai nazarlarni ozlashtira boshladi. Masalan, ilgari Tolibon haqida faqatgina terroristik tashkilotlardan biri sifatida gapirilar edi, endi esa rasmiy manbalarda u ixtilof tomoni sifatida tarif etildi. Bu bilan Afgoniston boyicha rus va ingliz tillarida yozilgan matnlar uslubi ozlashtirildi. Ozbekiston vakillari ham chet ellik mehmonlar bilan suhbatlar asnosida oz tillarini erkinlashtirishga, qoliplarsiz, zamonaviy uslubda gapirishga urindi.

Albatta. Bu birinchi navbatda bunday miqyosdagi xalqaro tadbirlarni togridan togri yoritishdagi tajribasizlikda, jurnalistlar xalqaro siyosat, umuman siyosat haqida gapirishga organmaganida korindi. Har qancha urinmasin, kopgina qatnashchilar oz nutqida yuqorida aytilgan qoliplardan butunlay voz kecha olmadi.

Bundan tashqari, Ozbekistonda xalqaro siyosatga va aynan Afgoniston mavzusiga ixtisoslashgan malakali siyosatshunoslar, siyosiy jurnalistlar yoqligi korinib qoldi. Rasmiy axborot kanallari Prezident matbuot xizmati, OzA va Ozbekiston 24 telekanali konferensiyani zamonaviy formatda va uslubda tezkor va batafsil yoritib borishga urindi va bu borada yaxshi natijalar korsatdi. Asosiy axborot tarqatish vositalariga aylanib qolgan yangilik saytlari esa tilga olingan manbalardan olingan rasmiy xabarlarni oz sahifalarida qayta chop etib bordi. Aslida esa ulardan rasmiy manbalar etibor qaratmagan tafsilotlarni va detallarni yoritish, shuningdek, poytaxtda bolib otgan ulkan xalqaro ahamiyatga ega tadbir haqida mustaqil tahliliy materiallar tayyorlash ekspertlarning fikrlarini elon qilish, oliy martabali mehmonlardan qiziqarli intervyular olish, Afgoniston, mintaqaviy hamkorlik, Ozbekistonning xalqaro siyosati va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy maqolalar va sharhlar chop etish talab etilar edi.

Ekspertlar ham bot-bot takidlayotganidek, Toshkent mintaqaning asosiy siyosiy markazi nomini qolga kiritish (yoki qaytarib olish) uchun kurash boshladi. Bu kurash, bu say-harakatlar yolida yana koplab muhim xalqaro anjumanlar, umumjahon miqyosidagi siyosiy tashabbuslar, turli yirik tadbirlar amalga oshiriladi, katta ehtimol bilan jahon mamlakatlari yetakchilari, taniqli arboblar endi tez-tez Ozbekistonda mehmon boladi. Bu esa ozbek jurnalistikasi va siyosati oldiga yangi vazifalar qoyadi, yangi masuliyat yuklaydi. Kutilayotgan tashabbuslar va tadbirlarni yoritish va tolaqonli ochib berish, chet ellik hamkasblar bilan tengma-teng muloqot olib borish uchun mutaxassislar jamoasini shakllantirish qatorida siyosat tilini yanada rivojlantirish, yanada zamonaviylashtirish talab etiladi. Oxirgi paytlarda bu yonalishda roy bergan ozgarishlar, erishilgan yutuqlar inobatga olinsa, jarayon muvaffaqiyatli davom etishiga ishonaman.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-03-2018, 12:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -