» » O‘zbekistonlik Zarina Andirjonova Hindistondagi go‘zallik tanlovida 2-o‘rinni egalladi (foto)

O‘zbekistonlik Zarina Andirjonova Hindistondagi go‘zallik tanlovida 2-o‘rinni egalladi (foto)


O‘zbekiston fuqarosi Zarina Andirjonova Hindistonda o‘tkazilgan Miss Supermodel Worldwide 2018 go‘zallik tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda tanlovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Tanlov 12 kun mobaynida uch bosqichda o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar milliy liboslar, cho‘milish kiyimlari va bayramona liboslarda hakamlar oldiga chiqdi. Bellashuv 26-mart kuni yakunlandi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 42 nafar qiz ishtirok etdi.

Tanlovda oliy o‘rin Belarus vakilasi Aleksandra Lyashkova, birinchi o‘rin esa rossiyalik Yekaterina Yevdokimova, ikkinchi o‘rin o‘zbekistonlik Zarina Andirjanova, uchinchi o‘rin Tailand vakilasi Chantarachota Pafatannunga nasib etdi.

Go‘zallik tanlovi Ten Square Media va Rubaru Group kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют