» » Yevropaning asosiy shaharlariga 275 daraxtning “ishini” bajarishga qodir o‘rindiqlar o‘rnatilmoqda (video)

Yevropaning asosiy shaharlariga 275 daraxtning “ishini” bajarishga qodir o‘rindiqlar o‘rnatilmoqda (video)


Germaniyalik dizaynerlar noodatiy havo tozalagichni yaratdi. CityTree nomini olgan qurilma 275 ta daraxtdek samarali ishlaydi va undan odatdagi o‘rindiq sifatida foydalanish mumkin, deb xabar berdi National Geographic.

Tirik butani o‘rindiq bilan birlashtirish g‘oyasi Drezdenning Green City Solutions kompaniyasiga tegishli. O‘rindiq to‘rt metrli vertikal panellar bilan jihozlangan. Unga briofit o‘simliklarning 1682 ta tuvagi joylashtirilgan bo‘lib, ular havodagi zararli zarralarini o‘ziga yutadi.

CityTree quyosh batareyalaridan hosil bo‘ladigan energiya hisobiga ishlaydi. Uning monitoring tizimi havoning ifloslanish darajasi va haroratini aniqlaydi. Filtrlash natijasida hosil bo‘lgan yomg‘ir suvi maxsus rezervuarga tushib, o‘simlikni sug‘orishga sarflanadi. Bundan tashqari o‘rindiq Wi-Fi ham tarqatadi, maxsus qoplamalar graffitlardan va boshqa sodir etilishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchiliklardan himoya qiladi.

275 ta daraxtning “ishini” bajaruvchi CityTree ularning 1 foizgina maydonini egallaydi, bu esa tirband shaharlarda ortiqcha joyni talab etmaydi.

Ayni vaqtda ushbu o‘rindiqlar Berlin, Parij, Pekin, Rotterdam, Oslo va boshqa megapolislarga o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют