» » Jizzaxda firibgarlikka qo‘l urgan ota-bola ushlandi

Jizzaxda firibgarlikka qo‘l urgan ota-bola ushlandi


Jizzax viloyatining Zomin tumani IIBga 26-mart kuni firibgarlik holati yuzasidan murojaat qilindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016-yil avgust oyida Yom qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1975-yilda tug‘ilgan M. Arabov va uning otasi, 1946-yilda tug‘ilgan M. Arabov tanishlari Sh. Imanovning uyida unga “Qishloq qurilish bank” Yangiobod tumani filialida turgan Nexia avtomobilini taqiqdan chiqarib berishlarini aytadi.

Ota-bola uning ishonchiga kirib, 28 million so‘m pulini oladi, biroq bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Ko‘rilgan choralar natijasida Mirmuxtor va Mirhamid Arabov ushlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют