» » “Arzon narxdagi” Coca-Cola 22 ming dollarga tushdi

“Arzon narxdagi” Coca-Cola 22 ming dollarga tushdi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi Z. Shamsiyev Toshkentga kelib, 22 ming dollarga chuv tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

2017-yil 16-noyabr kuni Bektemir tumani, Suvsoz ko‘chasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan G‘. Mavlonov Talabalar shaharchasida joylashgan “Firdavs” kafesida Z. Shamsiyevga yangi yil bayramiga qadar Coca-Cola ichmligini arzon narxda olib berishini va’da qilib, 22 ming dollar oladi. Biroq u bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yubordi.

Ko‘rilgan choralar natijasida G‘. Mavlonov ushlandi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют