» » Toshkentlik fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilib, ikki bor chuv tushirishdi

Toshkentlik fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilib, ikki bor chuv tushirishdi


Tezroq avtomobil olish istagida bo‘lgan Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi S.Nizomov ikki bor chuv tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

O‘tgan yil noyabrida Chilonzor tumanida noma’lum shaxs Lacetti olib berishini aytib, undan 90 million, keyinroq Spark va’da qilib 56 million — jami 146 million so‘m oladi.

Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan, 1980-yilda tug‘ilgan J.Nasriddinov sodir etganligi aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют