» » Osiyo kubogi-2019 qur’asi: O‘zbekiston nechanchi savatchadan o‘rin oladi?

Osiyo kubogi-2019 qur’asi: O‘zbekiston nechanchi savatchadan o‘rin oladi?


Avvalroq ma’lum qilinganidek, 2019-yil BAAda o‘tkaziladigan Osiyo kubogining barcha ishtirokchisi ma’lum bo‘lgan edi.

Musobaqada ilk marotaba 24 ta jamoa qatnashadi.

BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Falastin, Ummon, Hindiston, Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Bahrayn, Vyetnam, Qirg‘iziston, KXDR, Filippin va Yaman.

Ma’lumki, joriy yilning 4-may kuni BAAning Dubay shahrida Osiyo Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’ada jamoalar o‘sha vaqtdagi FIFA reytingiga ko‘ra savatchalarga ajratiladi. Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan reytingda Osiyoda 13-o‘rinda bo‘lishi kutilmoqda. Bu holatda O‘zbekiston termasi katta ehtimol bilan 3-savatchadan joy oladi. Savatchalar quyidagicha ko‘rinish olishi mumkin:

Qur’aga ko‘ra terma jamoalar 6 guruhga ajratiladi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalardan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 ta jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Musobaqa 5-yanvardan 1-fevralga qadar BAAning 4 ta shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют