» » Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 4-may kuni Dubayda bo‘ladi

Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 4-may kuni Dubayda bo‘ladi


2019-yilning 5 yanvar — 1 fevral kunlari BAAda futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 4-may sanasida Osiyo Kubogi final bosqichiga qur’a tashlanadi.. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

Qit’a chempionatida ilk bor 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Dubay shahridagi Armani Hotel mehmonxonasida 24 ta terma jamoa o‘zining Osiyo kubogida qaysi guruhdan o‘rin egallashini bilib oladi.

Terma jamoalar o‘sha paytdagi (may oyidagi) FIFA reytingi bo‘yicha 4 ta savatchaga ajratiladi. Mezbon BAA FIFA reytingidagi o‘rnidan qat’i nazar 1-savatchada o‘rin oladi.

Hozirga qadar Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan 21 ta jamoaninng nomi ma’lum: BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vyetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg‘iziston.

Qolgan 3ta jamoa nomi 27-mart kuni bo‘lib o‘tadigan saralash o‘yinlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют