» » O‘zbekiston futzal termasi Osiyo Chempionatida Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oldi

O‘zbekiston futzal termasi Osiyo Chempionatida Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oldi


Futzal bo‘yicha 2018-yilgi Osiyo Chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a marosimi qit’a birinchiligini o‘zida qabul qiladigan Xitoy Taypeyida o‘tkazildi.

Ortda qolgan 14 ta Osiyo Chempionatining 11 tasida zafar quchgan Eron futzal termasi “C” guruhida Iroq, Xitoy hamda Myanmaga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi. Forslar amaldagi chempion sifatida Xitoy Taypeyiga boradi. Ular Toshkentda o‘tgan 2016-yilgi Osiyo Chempionati finalida O‘zbekiston ustidan zafar quchgandi.

O‘zbekiston esa qit’a chempionatida Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oldi. Zonadagi to‘rtinchi jamoa Tojikiston bo‘ladi. Yaponiyalik futzalchilar Toshkentda o‘tgan so‘nggi Osiyo Chempionatida o‘z tarixlarida ilk bor yarim finalga qadar yetib kela olmagandi. Kunchiqar yurt termasi Erondan bo‘sh qolgan 3 ta birinchilikda chempionlikni tantana qilgan.

Osiyo Chempionati kelasi yilning 1—11-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют