» » Ashxobod—2017. Futzalda sensatsiya ro‘y bermadi va forslar O‘zbekiston darvozasiga 7 ta gol urdi

Ashxobod—2017. Futzalda sensatsiya ro‘y bermadi va forslar O‘zbekiston darvozasiga 7 ta gol urdi


Turkmaniston poytaxti mezbonligida o‘tayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarining futzal turniri o‘z yakuniga yetdi.

Final uchrashuvida zalga odatdagidek Eron futzalchilari chiqib keldi. Ikkinchi jamoa yarim finalda Yaponiyani penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgan O‘zbekiston bo‘ldi. Mazkur bellashuvda hech qanday sensatsiya kuzatilmadi va forslar raqibi ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 7:1.

Toshkent mezbonligida o‘tgan so‘nggi Osiyo Chempionatida ham Eron va O‘zbekiston termalari finalga yetib kelgan bo‘lib, o‘shanda forslar kichik hisobda ustun kelgandi — 2:1.

Shu tariqa O‘zbekiston futzal terma jamoasi delegatsiya tarkibiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ashxobod—2017
Futzal. Final
26-sentabr, sentabr

Gollar: Javod, 4 (1:0). Javod, 10 (2:0). Hasanzoda, 22 (3:0). Dilshod Choriyev, 29 (3:1). Ahmadidazoj, 32 (4:1). Javod, 32 (5:1). Javod, 36 (6:1). Hasanzoda, 38 (7:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют