» » Ashxobod—2017. O‘zbekiston futzalchilari finalgacha yetib keldi. Hal qiluvchi o‘yindagi raqib — Eron

Ashxobod—2017. O‘zbekiston futzalchilari finalgacha yetib keldi. Hal qiluvchi o‘yindagi raqib — Eron


Turkmaniston poytaxtida davom etayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston futzal terma jamoasi final chiptasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalda o‘zbekistonlik futzalchilar Yaponiya bilan to‘qnash kelib, 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida kunchiqar yurt termasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bungacha O‘zbekiston chorak finalda Vyetnam darvozasiga 2 ta javobsiz gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Guruh bosqichida esa BAA 5:1, Maldiv 9:1 hisobida taslim qilingan bo‘lsa, keyinroq Afg‘onistondan mag‘lubiyat qabul qilib olingan — 2:4. Xitoyni esa yengishning imkoni bo‘lmagan — 4:4.

Guruhni peshqadam sifatida yakunlagan Afg‘oniston final uchun jangda Eron “qurboni”ga aylandi — 2:8. Bungacha forslar chempionlikka da’vogarlardan Tailandni ham turnirdan chiqarib yuborgandi — 10:4. Tailand termasini o‘zbekistonliklarning sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes boshqarib boradi.

Shu tariqa O‘zbekiston nima sababdan guruh peshqadami bo‘lishni istamagani oydinlashadi. Bunda futzalchilar Tailand, Eron kabi raqiblar bilan finalgacha duch kelishdan o‘zini ixotalagan.

Ashxobod—2017
Guruh bosqichi. 2-tur
18-sentabr, dushanba

Gollar: Kasho Tamuro, 8 (1:0). Konstantin Sviridov, 20 (1:1). Dilshod Abdurahmonov, 23 (1:2).
Shimizu, 27 (2:2). Xara, 34 (3:2). Dilshod Choriyev, 35 (3:3).

Toshkent mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha so‘nggi Osiyo Chempionatida ham Eron va O‘zbekiston termalari finalda o‘zaro o‘ynagan bo‘lib, bellashuv forslarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют