» » Afg‘onistondan yengilgan O‘zbekiston futzalchilari endi Xitoyni ham mag‘lub eta olmadi

Afg‘onistondan yengilgan O‘zbekiston futzalchilari endi Xitoyni ham mag‘lub eta olmadi


Bahodir Ahmedov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi Ashxobod—2017 dagi to‘rtinchi o‘yinida Xitoyni taslim qila olmadi — 4:4.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar to‘rt bor oldinga chiqib olib, har safar javob golini o‘tkazib yubordi. Shu tariqa jamoa o‘z guruhini peshqadam sifatida yakunlay olmadi.

Bungacha O‘zbekiston BAA ustidan 5:1 va Maldiv ustidan 9:1 hisoblarida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, 20-sentabr kuni kutilmaganda Afg‘onistonga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi — 2:4.

Afg‘onistonlik futzalchilar yuz foizlik natija bilan guruhni peshqadam sifatida yakunladi — 12 ochko. O‘zbekiston esa 7 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

Chorak finalda O‘zbekiston futzal termasi mezbon Turkmaniston yoki Vyetnam bilan to‘qnash keladi.

Ashxobod—2017
Guruh bosqichi. 2-tur
18-sentabr, dushanba

Gollar: Farhod Abdumavlonov, 2 (0:1). Jianfa Zuang, 2 (1:1). Ilhom Hamroyev, 11 (1:2). Yang Ksyu, 13 (2:2). Timur Sadirov, 22 (2:3). Yuye Lu, 23 (3:3). Feruz Faxriddinov, 32 (3:4). Yuye Lu, 39 (4:4).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют