» » Ashxobod—2017. Oltinlari sonini 7 taga yetkazib olgan O‘zbekiston 3-o‘ringa ko‘tarildi

Ashxobod—2017. Oltinlari sonini 7 taga yetkazib olgan O‘zbekiston 3-o‘ringa ko‘tarildi


Turkmaniston poytaxida davom etayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik sportchilarga 20-sentabr kuni 4 ta oltin olish nasib qildi. O‘z vazn toifalarida Sherzod Rahimov, Obidali Mavlonov, Xusniddin Ro‘ziyev va Rahimaxon Yo‘ldosheva barcha polvonlarni mag‘lub etib, O‘zbekiston delegatsiyasining oltinlarini 7 taga yetkazib qo‘yishdi.

Umumjamoa hisobida 53 ta oltini bor mezbon Turkmaniston peshqadam bo‘lib turibdi. Eron termasining oltinlari 10 taga yetgan bo‘lsa, O‘zbekiston va Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 7 tadan.

O‘zbekiston raqibi Qozog‘istondan 27 ta ko‘proq medal jamg‘argan: 7 ta oltin, 16 ta kumush va 34 ta bronza.

Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarida O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida Turkiya, Ozarbayjon va Erondan keyin to‘rtinchi bo‘lgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют