» » O‘zbekistonda 2027-yilga kelib, lobbilashtirish — qonunchilik tashabbuslarini kiritish va ilgari surish tartibi ishga tushadi

O‘zbekistonda 2027-yilga kelib, lobbilashtirish — qonunchilik tashabbuslarini kiritish va ilgari surish tartibi ishga tushadi


Prezidentning 28-martdagi farmoyishida qonunchilik faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy qoidalari va muddatlari belgilab qo‘yildi, deb yozadi Norma.

Konsepsiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi va Internet tarmog‘iga joylashtiriladi. Hujjat 2027-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan.

Qabul qilingan farmoyishda normativ-huquqiy hujjatlarning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va muassasalar tomonidan qabul qilinishi amaliyotiga butunlay nuqta qo‘yish haqida aytiladi. Bundan tashqari, Prezident, Hukumat, joylardagi davlat hukumati organlari hujjatlari kamayadi. Ularning o‘rnini tizimlashgan, kodifikatsiya qilingan bevosita ta’sir etuvchi qonunlar egallaydi. Bu qonunlar yanada batafsilroq bo‘ladi, ularni qo‘llash uchun qo‘shimcha qonun hujjatlarini qabul qilish talab etilmaydi.

Shuningdek, lobbilashtirish — qonun chiqarish tashabbuslarini kiritish va ilgari surish tartibi ishlab chiqiladi. Ayni paytda qonunchilik tashabbusi huquqiga Prezident, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Bosh prokurordan iborat 8 ta subyekt egadir. Istiqbolda ushbu ro‘yxat kengayishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют