» » Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashkil etiladi


Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi, deb yozadi O‘zA.

Qarorga ko‘ra, “Oila” markaziga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish;

oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o‘rganishni tashkil etish;

zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish;

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib:

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olishni;

oiladagi ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;

sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish asoslarini xotin-qizlar orasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlarini, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlari o‘tkazadi;

“Oila” markazi markaziy apparatining xodimlari markaz direktori tomonidan, “Oila” markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari rahbarlari “Oila” markazi direktori bilan kelishgan holda, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tayinlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют