» » O‘zbekistonda og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlarni turar joy bilan ta’minlash uchun boshlang‘ich badallar to‘lab berilishi mumkin

O‘zbekistonda og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlarni turar joy bilan ta’minlash uchun boshlang‘ich badallar to‘lab berilishi mumkin


Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllanadi:

Har yili 300 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;

Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamoat fondining mablag‘lari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq:

Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish;

Xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etish;

Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish;

Xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berish;

Onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko‘maklashish;

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar joy bilan ta’minlashda boshlang‘ich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan to‘lab berish;

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;

Ijro etuvchi direksiyani saqlashga ishlatilishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют