» » O‘zbekistonda Ixtirochi ayollar uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Ixtirochi ayollar uyushmasi tashkil etildi


O‘zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining oldida turgan muhim maqsad va vazifalarini samarali tashkil etish maqsadida Qo‘mita va uning xududiy bo‘limlari qoshida O‘zbekiston Ixtirochi ayollari uyushmasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘mita va Uyushma tomonidan respublika bo‘ylab iqtisodiyot tarmoqlarining turli yo‘nalishlarda ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan, o‘z qobiliyatini namoyon etayotgan iqtidorli xotin-qizlarni izlab topish, yangi iqtidor qirralarini ochish, olima ayollar, doktorant, mustaqil izlanuvchi, iqtidorli talaba, ixtirochi, injener, konstruktor, ratsionalizator va mutaxassis xotin-qizlarni ilmiy texnik ijodkorlikka keng jalb qilish rejalashtirilgan.

Xotin-qizlarning izlanishlarini maqsadli yo‘naltirish, ixtirochilik va ilmiy-ijodiy faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston ayollarining 100 ta innovatsion loyihasi” I respublika tanlovini o‘tkazish, tanlov g‘oliblarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha ishlar ham amalga oshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 11:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют