» » Tanzila Norboyeva Buxoroda ayollarning o‘z joniga qasd qilish holatlariga qarshi tizimli kurash olib borish zarurligini uqtirdi

Tanzila Norboyeva Buxoroda ayollarning o‘z joniga qasd qilish holatlariga qarshi tizimli kurash olib borish zarurligini uqtirdi


Buxoroda 4-may kuni viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Mavzuga doir: Shakar Navro‘zova Buxoro viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga aylandi

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish asnosida, olib borilayotgan islohotlar sharoitida viloyat qo‘mitasi a’zolarining faolligi talab darajasida emasligini ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, qo‘mita a’zolari o‘z faoliyatlarini asosan ijtimoiy faol, uyushgan ayollar qatlami atrofida yuritib, xonadonlar bilan ishlash, aholi orasiga chuqur kirib borishga e’tibor qaratmagan.

“Tanzila Norboyeva o‘z nutqida xotin-qizlar reproduktiv salomatligi, ona va bola muhofazasi, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ayollar jinoyatchiligi, o‘z joniga qasd qilish holatlariga qarshi tizimli kurash olib borish, bu borada ayniqsa notinch oilalarni aniqlab, ular bilan alohida ish olib borish zarurligini uqtirdi”, — deyiladi hokimlik axborotida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют