» » WannaCry virusi Boeing korporatsiyasiga hujum qildi

WannaCry virusi Boeing korporatsiyasiga hujum qildi


Boeing aviasozlik korporatsiyasi tizimi 28-mart kuni WannaCry virusini qo‘llash bilan bog‘liq kiberhujumga uchradi. Bu haqda The Seattle Times gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Virus metastazlar kabi shiddat bilan Nort-Charlstondagi korxona chegaralaridan tashqariga yoyilmoqda. Hozirgina uzellarni yig‘ish konveyeri 777 o‘chib qolganligini eshitdim”, — deya ogohlantiradi muhandis. U WannaCry yig‘ilayotgan samolyotlar bort kompyuterlarining dasturiy ta’minotigacha yetib borishi mumkinligini istisno etmadi.

Keyinroq Boeing dastlabki xavfsirashlar bo‘rttirib yuborilganligini ma’lum qildi.

“Qayta tiklovchi tadbirlar o‘tkazildi, muammo ishlab chiqarish va tovar yetkazishga dahl qilmadi”, — deya ishontiradi Boeing.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют