» » Namangan viloyatida qadim tilsimlarni ochuvchi noyob qo‘lyozma topildi

Namangan viloyatida qadim tilsimlarni ochuvchi noyob qo‘lyozma topildi


Namangan viloyati Pop tumanidan topilgan noyob bitiklar 7-a sr oxiri va 8-asr boshlarida islom dinini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan arabistonlik aka-uka avliyolar — Xo‘ja Abdulloh Ansoriy va Xo‘ja Ibodulloh Alamdoriy hayoti haqida ma’lumot berishi mumkin, deb yozadi O‘zA.

Pop tumanidagi “Pillakash” mahallasida joylashgan, mahalliy aholi tilida Langar ota qabristoni deb yuritiladigan aka-uka avliyolar qabri 714-yilga oid. Bugungacha ushbu ziyoratgohning ilmiy, ma’naviy va arxeologik qiymati to‘liq aniqlanmagan.

Ushbu noyob qadim qo‘lyozmalar maqbara yaqinida yashovchi Botirjon Nurmatovning shaxsiy kolleksiyalarida saqlanib kelingan. Botir aka Langar ota ziyoratgohidan topilgan qadim qo‘lyozmalar unga ota-bobolaridan o‘tib kelayotganligini ma’lum qilgan.

“Bir necha bor bu qo‘lyozmalarni olib ketishmoqchi bo‘lishdi. Lekin ularga ishonqiramaganim bois bermadim. Bu qo‘lyozmalar qadim tilsimni ochuvchi noyob manba bo‘lishi mumkin”, — deydi Botir aka.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют