» » Ohangaronda 13 yoshli o‘smir qiz pnevmatik miltiqda singlisini otib qo‘ydi

Ohangaronda 13 yoshli o‘smir qiz pnevmatik miltiqda singlisini otib qo‘ydi


Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 27-mart kuni voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq noxush hodisa qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Shu kuni soat 21:30 atrofida “Yoshlik” mahallasida yashovchi, 2005- yilda tug‘ilgan N.Ermatova uyda shkaf ichida saqlanayotgan buvasi D.Ermatovga tegishli tir pnevmatik miltig‘ini olib o‘ynayotganda bexosdan miltiq otilib ketadi. O‘q qizning singlisi, 2012-yilda tug‘ilgan E. Ermatovaning peshonasiga tegib, jarohat yetkazdi.

E. Ermatova Toshkent shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют