» » Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr 100 yoshga toldi

Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr 100 yoshga toldi


27-mart Butunjahon teatr kuni hisoblanadi. 2018-yilda Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr Bobur nomli Osh davlat akademik musiqali drama teatri 100 yoshga toldi. Quyida jurnalist Dilmurod Rahmonovning teatr tarixiga oid maqolasi etiboringizga havola etiladi.

2018-yili Bobur nomli Osh davlat akademik musiqali drama teatri 100 yoshga toladi. Bobur nomli Osh teatri Qirgizistonning eng keksa professional teatri, Markaziy Osiyoning eng keksa teatrlari ichida ikkinchi. 1914-yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Osh shahrida rus-tuzem maktabi oqituvchisi Boltihoji Sultonov bilan birgalikda teatr togaragi tashkil etilgan. 1918-yili Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadazim Alam ogli (Madazimov) rahbarligida Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, Abdurashid Eshonxonov, A. Saidovlar bilan birga Qirgizistonda birinchi bolib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida Oshda havaskor teatr togaragi tuzilgan. Rahmonberdi Madazimov Qirgizistondagi teatr harakatining asoschilaridan biri va Oshdagi ozbek teatrining birinchi badiiy rahbari va asoschisi bolgan. Keyinchalik truppaga Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar qoshilishgan.

1919-yili teatr togaragi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Ushbu truppa Qirgizistonning janubida nafaqat teatr sanatini, balki professional musiqa sanatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoshgan. Keyinchalik teatr truppasi Bobur (Kirov) nomli Osh Davlat akademik ozbek musiqali drama teatrini tuzishga asos bolgan. Osh teatri Toshkentdagi Hamza nomli ozbek milliy akademik drama teatridan (19131914-yillari tuzilgan) keyin Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatrdir.

Rahmonberdi hoji Madazimov teatr truppasi bilan Oshning barcha tumanlarini aylanib, konsert va spektakllar qoyib chiqdi va bosmachilikka sanat quroli orqali kurash olib bordi. Tumanlarda spektakllar, konsertlar qoyib, bosmachilarni joylashgan yerlarini va ularni yashirib qoygan qurol-yaroglardan xabar topib, ozining qudasi, Osh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligi Boltihoji Sultonov bilan birga bosmachilarni tor-mor etishda faol ishtirok etdi. Bosmachilar joylashgan tumanlardan qizillarni qurol-yaroglarini aravasiga yashirib otkazgan va qizillarni qurol-yarog bilan taminlagan.

Fuqarolar urushi davrida Osh hududi va uning tevarak-atrof tumanlari front maydoniga aylandi. Truppa ham shu frontning ishtirokchisi, partiyaning targibotchisi boldi. Teatrning asoschisi Rahmonberdi hoji Madazimov shunday hikoya qilgan edi:

Qorboshi Madaminbek Andijon atrofida izgib, xalqni talab yurgan edi. Osh garnizoni Andijon harbiy qismiga qurol-yarog bilan yordam qilmoqchi boldi. Lekin qurollarni qanday yetkazish mumkin? Bu mushkulni teatr artistlari hal qildi. Soyabon arava bezatilib, qurol-yaroglar tekis taxlandi. Ustiga polos, korpa-toshaklar solindi. Rahmonberdi Madazimov grim bilan katta eshon qiyofasiga kirdi. Yana ikki artist uning muridlari boldi. Uchchalasi ham oldiga eski kitoblardan ochib, xatmi-xoja qilganday yolga tushishdi. Arava Xojaobodga yaqinlashganda miltiq ovozi eshitildi. On nafar bosmachi kelib aravani oradi. Shunda aravakash bosmachilarga qarab, jim ishorasini qildi va pardani qiya ochdi. Bosmachilar eshon va muridlarni korib, tazim qilishdi. Songra hurmat bilan Andijonga kuzatib qoydi. Qizillarni qurol bilan taminlash maqsadida truppaning bunday postanovkalari bir-necha marta takrorlandi.

1918-yili teatr asoschilaridan biri inqilobchi Boltihoji Sultonov Osh uyezdi militsiyasining birinchi boshligi bolib tayinlandi. Qorboshi Xolxoja Boltihoji Sultonovni boshi uchun katta pul vada qilgan edi. 1919-yil sentabrida bosmachilar Oshga bostirib kirdi va Boltihoji Sultonovni qolga tushirib, uni shafqatsizlarcha oldirishgan. Otning orqasiga tiriklayin boglashib, titilib ketgan qontalash tanasini shahar kochalarida aylantirishdi. Osh militsiyasining birinchi boshligi shunday fojiali vafot etgan edi.

Respublika arxividan olingan malumotlarga binoan, Joraxon Zaynobiddinovga 1920-yil 6-avgustda 1808-sonli hujjat berilgan. Unda: Joraxon Zaynobiddinov Fargona viloyati, Osh shahridagi harbiy komissariatning maorif tashviqoti (agitprosvet) qoshidagi turk truppasining artisti. Siyosiy maorif kotibi A. Shpilovskiy imzosi, muhri degan sozlar bor.

Truppaning birinchi yirik asari Mannon Uygurning Turkistonlik tabib spektaklida ayol rolini Joraxon Zaynobiddinov oynagan. Sababi, osha paytlar truppaga ayollarni jalb etish man qilingan edi.

Teatr asoschilaridan biri J. Zaynobiddinov Janubiy Qirgizistonda talim sohasini rivojlantirishga katta hissa qoshgan. U Osh uyezdi talim bolimining birinchi rahbari bolgan. Songra J. Zaynobiddinov Osh viloyati ijroqomi qishloq xojaligi bolimi mudiri, keyinchalik partiya va komsomol organlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Teatr asoschilaridan biri Nazirxon Kamolov Toshkentga oqishga ketadi va Orta Osiyo Davlat universiteti melioratsiya fakultetiga oqishga kiradi. Yangi tuzilgan Ozbekiston radiosi bolim boshligi va 1927-yili radioefirga ilk bor chiqqan Ozbekiston radiosi birinchi suxandoni (diktori) bolgan.

Teatr asoschilaridan yana biri Orinboy Rahmonov 17 yoshga tolganda, teatrda ijodiy faoliyatini boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoshimcha onta vazifani bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pyesalar va qoshiqlar uchun sherlar yozgan. Ushbu qoshiqlarga osha paytlarda birinchi raqqosa ayol Roziya Mominova lapar aytib raqsga tushgan. 1934-yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida Orinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi.

Teatr jamoasi 1974-yili qardosh Ozbekiston poytaxti Toshkentda gastrolda boldi. Safar davomida teatr jamoasi sanatni targib qilishda muhim rol oynagan gastrollarni Ozbekistonda muvaffaqiyatli otkazganligi uchun Ozbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligi bilan mukofotlandi. Hamma oynagan bosh rollari yuksak baholanib, teatrning yetakchi aktyori Joraxon Rahmonovga Ozbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining 1974-yil 5-iyuldagi 164-sonli qaroriga asosan Ozbekistonda xizmat korsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ushbu faxriy unvonni qirgizistonlik faqat ikkita artistgina olgan.

Bugungi kunda teatrda 600 dan oshiq spektakllar qoyildi. Teatr, yaxshi ananalarni davom ettirib, ozbek va qirgiz birodar xalqlarini dostligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2018-yil 5-mart kuni yozuvchi Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan teatr sahnasida Dengiz boylab chopayotgan olapar asari asosida Umid yulduzi spektakli premyerasi namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 06:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -